375-modda. Mulkiy daromadlar
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) foizlar;
2) dividendlar;
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
4) soliq toʻlovchiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, koʻchmas mulk boʻyicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi;
5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutugʻiga oid patent (litsenziya) egasi boʻlgan soliq toʻlovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
6) royalti;
7) ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk boʻyicha ishonchli boshqaruvchidan olingan daromad;
(375-moddaning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
9) ushbu Kodeksning 327 — 329-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan, qimmatli qogʻozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan operatsiyalar boʻyicha daromad;
10) ushbu Kodeksning VII boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
11) ushbu Kodeksning 319-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) muvofiq ishtirok etishdan olingan daromadlar;
12) ushbu moddaning 1 — 11-bandlarida koʻrsatilmagan mulkiy xususiyatga ega boshqa daromadlar.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.