389-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi va muddatlari
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Soliq agentlari oʻzlarining soliq boʻyicha hisobda turgan joydagi soliq organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:
1) soliq davri tugaganidan keyin oʻttiz kun ichida — soliq organlariga toʻlov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakldagi maʼlumotnomani;
2) har oyda, hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay;
(389-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari boʻlgan, xodimlari 25 nafardan ortiq boʻlgan alohida boʻlinmalarga va (yoki) filiallarga ega soliq agentlari, ushbu alohida boʻlinmalar va (yoki) filiallar xodimlariga nisbatan mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq hisobotini — alohida boʻlinmalar va (yoki) filiallar hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
(389-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi OʻRQ-785-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son)
Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan soliq agentlari, agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻzlarining yollanma xodimlariga oid mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq hisobotini oʻzi soliq boʻyicha hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.