415-modda. Soliq stavkalari

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Soliq stavkasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 1,5 foiz miqdorida belgilanadi.

(415-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)

Qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz miqdorida belgilanadi.

(415-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)

(415-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-812-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)

Soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,7 foiz miqdorida belgilanadi:

(415-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)

1) umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar;

2) konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan koʻchmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari.

The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.