431-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Soliq har bir soliq davrining 1-yanvariga boʻlgan holatga koʻra hisoblab chiqariladi va soliq hisoboti yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga quyidagi muddatlarga taqdim etiladi:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay;
(431-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — joriy soliq davrining 1-mayidan kechiktirmay.
(431-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 427-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri mobaynida oʻzgarish boʻlganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.
Soliq davri mobaynida qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida oʻzgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlari boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini joriy yilning 1-dekabriga qadar taqdim etadi.
Ushbu Kodeks 426-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan obyektlar joylashgan yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay mazkur obyektlarning joylashgan yeri boʻyicha soliq organlariga soliq solish obyekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud boʻlgan yer uchastkalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnomani taqdim etadi.
(431-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Koʻp kvartirali uylarda joylashgan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha soliq turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektining qavatlar soniga boʻlingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
(431-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-659-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.