433-modda. Soliq toʻlovchilar

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchi deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.

Tuman (shahar) hokimi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari bilan tuzilgan hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadigan organlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etiladi.

(433-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)

Uy-joy, yashash uchun moʻljallanmagan imoratlar va inshootlar meros boʻyicha oʻtishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxoʻrlardan undiriladi.

The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.