454⁵-modda. Soliq stavkalari
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Minimal soliq stavkasi, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq bazasiga nisbatan 25 foiz miqdorida belgilanadi.
Yer qaʼri uchastkasidan geologik jihatdan oʻrganish uchun foydalanish yoki ahamiyatli tijorat salohiyatiga ega boʻlgan, avval qidiruv oʻtkazilgan yer qaʼri uchastkasida alohida obyektlar boʻyicha metallarni yoxud uglevodorod xom ashyosini qazib olish huquqi tanlov savdolariga qoʻyilganda, tanlov savdolarining tashkilotchisi yoki tanlov savdolarining ishtirokchilari soliq stavkasining oshirilgan miqdorini taklif qilishga haqli. Bunda soliq toʻlovchi soliqlarni oshirilgan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.