455-modda. Yigʻimlarning turlari

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Yigʻimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim;

11) yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yigʻim;

(455-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-sonli Qonuniga asosan 11-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-apreldan eʼtiboran amalga kiritiladi)

2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlar, jumladan:

alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yigʻim;

umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻim;

(455-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)

3) pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim;

4) tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim.

(455-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-maydagi OʻRQ-1063-sonli Qonuniga asosan 3 va 4-bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2025-y., 03/25/1063/0445-son)

The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.