457-modda. Soliq solish obyekti

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Quyidagilar yigʻimlarning soliq solish obyektidir:

chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranziti;

yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalari.

Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliq solish obyekti jumlasiga quyidagilar kirmaydi:

1) karyerlar hududida ishlaydigan ogʻir yuk koʻtaradigan avtosamosvallar;

2) avtokranlar;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tasarrufidagi avtotransport vositalari.

(457-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-apreldan eʼtiboran amalga kiritiladi)

The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.