46-modda. Tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Tovarlarga boʻlgan mulk huquqini haq olish asosida oʻtkazish yoki haq evaziga xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatlarini bajarmaganda garovga qoʻyilgan tovarlarni ayirboshlash va oʻtkazish tovarlarni yoki xizmatlarni realizatsiya qilish deb eʼtirof etiladi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tovarlarga boʻlgan mulk huquqini bepul asosda oʻtkazish yoki bepul asosda xizmatlar koʻrsatish ham realizatsiya qilish deb eʼtirof etiladi.
Soliq toʻlovchining vakolatli davlat organlariga yuridik va jismoniy shaxslardan undirilgan jarimalar taqsimoti tarzida mablagʻlarni olishga doir faoliyati vakolatli davlat organiga haq evaziga xizmatlar koʻrsatish sifatida eʼtirof etiladi.
(46-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.