468-modda. Alohida-alohida hisob yuritish
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Turli soliq solish obyektlari va (yoki) soliq stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turi bilan shugʻullanadigan soliq toʻlovchilar bunday faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishi hamda soliq toʻlovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha soliqni toʻlashi shart.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari chakana savdo sohasidagi mustaqil yuridik shaxs boʻlmagan turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha savdo nuqtalariga ega soliq toʻlovchilarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ushbu Kodeks 297-moddasi uchinchi qismining 5, 6, 10, 11, 12, 13, 14, 17, 18, 21, 22, 23, 25 va 27-bandlarida koʻrsatilgan daromadlarga, shuningdek foizlar tarzidagi daromadlarga soliq toʻlovchining hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha umumiy jami daromadlaridagi ulushi ustunlik qiladigan faoliyat turi uchun belgilangan soliq stavkalari boʻyicha soliq solinadi.
(468-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Hisobot (soliq) davrida ushbu Kodeks 467-moddasining 2 — 5-bandlarida koʻrsatilgan faoliyat turlari mavjud boʻlmaganda, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan daromadlarga ushbu Kodeks 467-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi.
(468-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.