473-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk soligʻidan va yer soligʻidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.
(473-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda soligʻini toʻlashdan oʻzi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:
3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;
5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;
15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi.
(473-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-iyuldagi OʻRQ-783-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 03/22/783/0620-son)
2026-yil 1-apreldan eʼtiboran maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan soliq toʻlovchilarga nisbatan foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan, kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab belgilanadigan muddatga amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqi tarzida qoʻllaniladi.
(473-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari faqat investor (investorlar) va Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi oʻrtasida tuzilgan Maxsus iqtisodiy zona hududiga investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
(473-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari qoʻshilgan qiymat soligʻi va boshqa soliqlar boʻyicha imtiyozlardan ushbu Kodeksga muvofiq foydalaniladilar.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.