5-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarni hisoblash tartibi
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
(5-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatlar, roʻy berishi kerak boʻlgan voqea yoki sodir qilinishi kerak boʻlgan harakatni koʻrsatgan holda kalendar sana bilan yoki vaqtning yillar, choraklar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan oʻtish davri bilan aniqlanadi.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kalendar sanadan yoki roʻy berishi kerak boʻlgan voqeadan keyingi kun soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatni hisoblash boshlanadigan kun deb hisoblanadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yillar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tugaydi. Bunda ketma-ket keladigan oʻn ikki oydan iborat har qanday vaqt davri yil deb eʼtirof etiladi, bundan kalendar yil mustasno.
Choraklar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. Bunda chorak uch kalendar oyga teng deb hisoblanadi, choraklar hisobi esa kalendar yil boshidan yuritiladi.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli sanasida tugaydi.
Agar muddatning tamom boʻlishi tegishli sana mavjud boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat mazkur oyning oxirgi kunida tugaydi.
Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb eʼtirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.
(5-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar muddatning oxirgi kuni qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb eʼtirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi.
(5-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Amalga oshirilishi uchun muddat belgilangan harakat muddatning oxirgi kuni soat 24 ga qadar bajarilishi mumkin.
Agar hujjatlar yoxud pul mablagʻlari aloqa tashkilotiga muddatning oxirgi kuni soat 24 ga qadar topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtkazib yuborilmagan deb hisoblanadi.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.