69-modda. Soliqlarning elementlari
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda soliqning barcha elementlari aniqlab qoʻyilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi.
(69-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi:
1) soliq solish obyekti;
2) soliq bazasi;
3) soliq stavkasi;
4) soliq davri;
5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
7) soliqni toʻlash tartibi.
Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qoʻllanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.