B bo'limi, 2.1-band. Sotish xarajatlari
The text of the Resolution and the Regulation is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
2.1.1. Tovarlarni temir yo'l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to'langan jarimalar kiritiladi.
2.1.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sotish bo'yicha xarajatlari, shu jumladan:
2.1.2.1. Nizomning 1.2-bandida sanab o'tilgan, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog'liq mehnatga haq to'lash xarajatlari, ma'muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari.
2.1.2.2. Nizomning 1.3-bandiga muvofiq, 2.1.2.1. bandga tegishli bo'lgan ijtimoiy sug'urtaga xarajatlar.
2.1.2.3. Savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari.
2.1.2.4. Nizomning 1.4-bandiga muvofiq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
2.1.2.5. Inventarlar va xo'jalik buyumlari qiymatini hisobdan chiqarish xarajatlari hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash (ta'mirlash, yuvish, tuzatish, dezinfeksiya qilish va h. k.) bilan bog'liq boshqa xarajatlar.
2.1.2.6. Gaz, yoqilg'i, elektr energiyasi xarajatlari.
2.1.2.7. Tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari.
2.1.2.8. Savdo reklamasi xarajatlari.
2.1.2.9. Tashish, saqlash va sotish chog'ida tovarlarning yo'qotilishi.
2.1.2.10. O'rash-joylash materiallari xarajatlari.
2.1.2.11. Mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug'urta qilish xarajatlari.
2.1.2.12. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari.
2.1.2.13. Ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o'rnatish va saqlash, tuynuklar, o'yiqlar va boshqalarning atrofini o'rash bo'yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar.
2.1.2.17. Umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko'rikdan o'tkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga haq to'lash.
2.1.2.18. Kassa xo'jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari.
2.1.2.19. Umumiy ovqatlanish korxonalarida qog'oz salfetkalar, qog'oz dasturxonlar, qog'oz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati.
2.1.3. Sotish bozorlarini o'rganish bo'yicha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar).
2.1.4. Yuqorida sanab o'tilmagan sotish bo'yicha boshqa xarajatlar.
The official text is on lex.uz; check the current version there. This Latin-script copy is for reference only.