Qaror matni (1–4-bandlar)
The text of the Resolution and the Regulation is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq hamda daromadlar va xarajatlarni buxgalteriyada hisobga olishning yagona uslubiyotini ta'minlash uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
me'yorlanadigan xarajatlar normativlarini tasdiqlash to'g'risidagi qaror loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga sharhni ishlab chiqsin va e'lon qilsin;
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi bilan birgalikda ko'rsatib o'tilgan Nizomning soliq solishning soddalashtirilgan shaklini qo'llovchi kichik korxonalar hamda yuridik shaxs bo'lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan qo'llanilishi bo'yicha yo'riqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarning qayta ko'rib chiqilishini hamda mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta'minlasin.
3. Quyidagilar o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash hamda buxgalteriya hisoboti schyotlari tizimini takomillashtirish haqida» 1994 yil 26 martdagi 164-son qarorining 1, 2 va 3-bandlari (O'zbekiston Respublikasi QT, 1994 yil, 3-son, 19-modda);
Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 26 martdagi 164-son qaroriga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida» 1995 yil 18 dekabrdagi 461-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 1995 yil, 12-son, 48-modda).
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o'rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.
1999 yil 5 fevral
54-son
The official text is on lex.uz; check the current version there. This Latin-script copy is for reference only.