107-modda. Tovarlarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga har qanday tovar joylashtiriladi, bundan bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar hamda ushbu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan O'zbekiston tovarlari mustasno.

Erkin bojxona zonasi faoliyat ko'rsatishini ta'minlash uchun zarur O'zbekiston tovarlariga nisbatan erkin bojxona zonasi bojxona rejimi qo'llanilmaydi.

Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan yoki alohida sharoitlarda saqlash talab etiladigan tovarlar maxsus moslashtirilgan binolarda saqlanishi lozim.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.