135-modda. Ruxsatnoma berish to'g'risidagi ariza
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizaning shakli O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
Ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili ko'rsatilishi mumkin. Ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili ko'rsatilganligi uning o'z arizasi bo'yicha qabul qilingan qaror to'g'risidagi xabarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga bo'lgan roziligidir.
Ushbu Kodeksning 134-moddasida ko'rsatilgan hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali orqali «bir darcha» prinsipi bo'yicha taqdim etiladi.
Vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlar bojxona organi uning aksini tasdiqlamagunicha barcha hollarda to'g'ri deb hisoblanadi.
Ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizada ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun javobgarlik vakolatli shaxsning zimmasida bo'ladi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.