142-modda. Ruxsatnomani bekor qilish
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Ruxsatnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi:
vakolatli shaxsning ruxsatnomani bekor qilish to'g'risidagi arizasiga ko'ra;
ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Ruxsatnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi.
Ruxsatnoma bekor qilingan taqdirda, u bojxona organlariga qaytarilmaydi.
Ruxsatnomani bekor qilish to'g'risidagi sud qarori ruxsatnoma berilgan sanadan e'tiboran amal qiladi.
Ruxsatnomani bekor qilish to'g'risidagi sud qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.