148-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini mazkur transport vositasi bojxona hududidan tashqarida qanday shaxs tomonidan va qanday maqsadlarda foydalanilishidan qat'i nazar, agar u bojxona hududida erkin muomalada turgan bo'lsa, vaqtincha olib chiqishga yo'l qo'yiladi. Bunda bojxona to'lovlari undirilmaydi.

Ilgari vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan transport vositasini vaqtincha olib chiqishga yo'l qo'yiladi. Bunda shu transport vositasiga nisbatan vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi va shartlari bojxona to'lovlarini to'lash maqsadlari uchun uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish to'g'risida ma'lum qilinguniga qadar tugatilmaydi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.