150-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasini bojxona hududiga qaytarib olib kirish

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasi bojxona hududiga qaytarib olib kirilayotganda, agar bojxona hududidan tashqarida tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasi qayta ishlash operatsiyalaridan o'tkazilmagan bo'lsa, bojxona to'lovlari to'lanmaydi, bundan uning but saqlanishini hamda undan foydalanilishini ta'minlash, shu jumladan unga texnik xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash operatsiyalari mustasno.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.