160-modda. O'zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari tomonidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib chiqish
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
O'zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari bojxona hududidan tashqarida o'zlariga notijorat maqsadlarda zarur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini xorijiy davlatda vaqtincha bo'lish muddatiga vaqtincha olib chiqishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularni vaqtincha olib chiqish va bojxona hududiga qaytarib olib kirishda bojxona to'lovlari to'lashdan ozod etiladi.
Agar vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini identifikatsiyalash ularni bojxona to'lovlarini to'lashdan ozod etilgan holda bojxona hududiga qaytarib olib kirishga yordam beradigan bo'lsa, bojxona organlari vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini O'zbekiston Respublikasi jismoniy shaxsining so'roviga ko'ra identifikatsiyalashi mumkin.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.