167-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Quyidagilarga:
a) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslar manziliga xalqaro pochta jo'natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravarigacha bo'lgan miqdordagi tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga;
b) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslarning manziliga xalqaro kuryerlik jo'natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravarigacha bo'lgan miqdordagi tovarlar uchun — tijorat hujjatlariga bojxona deklaratsiyasi sifatida qaraladi.
Qolgan hollarda xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida olib chiqiladigan, bojxona yuk deklaratsiyasi berilishi lozim bo'lgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta aloqasi tashkilotlariga topshirilayotganda amalga oshiriladi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.