173-modda. Bojxona omborlari
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona ombori bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni saqlashga mo'ljallangan, maxsus ajratilgan hamda jihozlangan bino va (yoki) ochiq maydonchadan iboratdir.
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan yoki alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan tovarlar faqat shunday tovarlarni saqlash shartlariga mos keladigan maxsus moslashtirilgan omborlarga joylashtirilishi kerak.
Bojxona omborlari foydalanilishiga ko'ra, har qanday shaxs foydalanishi uchun ochiq omborlar bo'lishi va muayyan shaxslar, qoida tariqasida, ombor egalarining foydalanishi uchun mo'ljallangan yopiq omborlar bo'lishi mumkin.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.