194-modda. Tovarlarning tamg'alanishini tekshirish
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Tovarlarning tamg'alanishini tekshirish tovarlarda yoki ularning qadoqlarida maxsus tamg'alar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarni belgilashning boshqa vositalari mavjudligini tekshirishni nazarda tutadi.
Bojxona hududiga olib kiriladigan alohida tovarlar bo'yicha bojxona to'g'risidagi qonunchilikda ularni maxsus tamg'alar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari bilan tamg'alash talabi qo'yilishi mumkin.
Tovarlarda ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan maxsus tamg'alar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari mavjud emasligiga, shunday tovarlari mavjudligi aniqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs buning aksini isbotlamasa, tovarlarni bojxona hududiga bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirganlik yoki chiqarib yuborganlik faktining tasdiqlanishi deb qaraladi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.