214-modda. Bojxona ekspertizasi tayinlanayotganda va o'tkazilayotganda vakolatli shaxsning huquqlari

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Bojxona ekspertizasi tayinlanayotganda va o'tkazilayotganda vakolatli shaxs:

bojxona ekspertizasi natijalari ustidan shikoyat qilish;

ekspert xulosasini olish uchun qo'shimcha masalalarni kiritish haqida iltimosnoma berish;

bojxona organlarining va boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovardan namunalar yoki nusxalar tanlab olinayotganda hozir bo'lish;

ekspertning xulosasi bilan tanishish va bunday xulosaning ko'chirma nusxasini olish;

bojxona ekspertizasini o'tkazish haqida iltimosnoma berish huquqiga ega.

Vakolatli shaxsning iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda bojxona organi tegishli qaror qabul qiladi. Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi to'g'risida bojxona organining mansabdor shaxsi uch ish kuni ichida vakolatli shaxsga rad etish sabablarini ko'rsatgan holda yozma shaklda xabar qiladi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.