233-modda. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish va uning dublikatini berish
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Guvohnoma qayta rasmiylashtirilmaydi.
Guvohnomaning amal qilish muddati tugagach guvohnomaning amal qilishi arizachining arizasiga ko'ra uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to'g'risidagi ariza bojxona organiga guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar berilishi lozim. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish guvohnoma berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun bojxona yig'imi undirilmaydi.
Guvohnoma yo'qotilgan yoki unga shikast yetkazilgan taqdirda dublikat berilmaydi. Bunda arizachining arizasiga ko'ra umumiy asoslarda yangi guvohnoma beriladi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.