235-modda. Bojxona tashuvchisi

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Bojxona tashuvchisi ushbu Kodeksning 236-moddasida belgilangan talab va shartlarga javob beruvchi O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxsidir.

O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilganidan keyin bojxona tashuvchisi deb e'tirof etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi Bojxona tashuvchilarining reyestrini yuritadi va rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta'minlaydi.

Bojxona tashuvchisi bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni tashishni bojxona hamrohligida kuzatib borishni qo'llamagan holda amalga oshiradi.

Bojxona tashuvchilarining tovarlarni jo'natuvchilar va oluvchilar bilan o'zaro munosabatlari shartnoma asosida yo'lga qo'yiladi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.