246-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar va transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilishi lozim.
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibi foydalanilayotgan transportning turlari, tovarlar va transport vositalarini olib o'tayotgan jismoniy shaxslarning toifalari hisobga olingan holda, bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan tovarlarning turiga qarab qo'llaniladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi tovarlarning ishlab chiqarilgan, jo'natilgan va kelib tushgan mamlakatidan, bojxona chegarasi orqali olib o'tish maqsadidan va bojxona hududida foydalanilishidan qat'i nazar amalga oshiriladi.
Boshqa davlatlarning bojxona nazorati uchun foydalaniladigan hujjatlari bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qo'llanilishi mumkin.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.