251-modda. Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

tovarni jo'natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan choralarni qo'llamagan holda yetkazib berishni;

tovarni bojxona ombori maqomiga ega bo'lmagan joylarga joylashtirishni;

tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini tovarlar kuzatuv hujjatlarining ko'chirma nusxalari asosida amalga oshirib, keyinchalik ushbu hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishni;

bojxona yuk deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvida hujjatlarni tekshirishni tovarning namunalari va nusxalarini olmagan holda amalga oshirishni.

Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi qonunchilikka muvofiq boshqa choralarni ham o'z ichiga olishi mumkin.

Bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan, avariyalar yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatlarini tugatish uchun zarur bo'lgan tovarlarning, shuningdek insonparvarlik yordami sifatida yuborilayotgan tovarlarning, tez buziladigan tovarlarning, tirik hayvonlarning, radioaktiv materiallarning bojxona rasmiylashtiruvi birinchi navbatda va soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.