255-modda. Bojxona deklaratsiyasi
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona nazorati maqsadlari uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar ko'rsatilgan hujjat bojxona deklaratsiyasidir.
Bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilishi kerak bo'lgan ma'lumotlarning ro'yxati bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish va undirish, bojxona statistikasini shakllantirish va bojxona to'g'risidagi qonunchilikni qo'llash maqsadi uchun zarur ma'lumotlar bilangina cheklanadi. Bojxona deklaratsiyasidan bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta nazorati maqsadlari uchun hisobga olish hujjati sifatida foydalanilgan taqdirda, bojxona deklaratsiyasida shu maqsad uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar ham ko'rsatilishi kerak.
Bojxona deklaratsiyalarining shakli, ularda ko'rsatiladigan ma'lumotlarning ro'yxati, ularni bojxona organlariga berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.