261-modda. Bojxona deklaratsiyasini berish muddati

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlar taqdim etilgan kundan e'tiboran o'n besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi, bundan ushbu Kodeksning 22, 23 va 25-boblarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Agar bojxona deklaratsiyasini taqdim etish muddatining tugashi bojxona organi ishlamaydigan kunga to'g'ri kelib qolsa, bojxona organining navbatdagi ish kuni shu muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.

Tranzit deklaratsiyasi bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib o'tguniga qadar yoki kesib o'tish vaqtida beriladi.

Olib chiqilayotgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi ular amalda olib chiqib ketilguniga qadar beriladi.

Tovarlarning o'zini olib chiqmasdan yoki ularni olib kirmasdan bojxona rejimi o'zgartiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona deklaratsiyasi avvalgi bojxona rejimi tugallanguniga qadar beriladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda qo'l yukida va kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotganda bojxona deklaratsiyasi tovarlarni taqdim etish bilan bir vaqtda beriladi.

Bojxona hududiga kirib kelayotgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o'tganidan so'ng uch soatdan kechiktirmay deklaratsiyalanadi, bojxona hududidan chiqib ketayotgan transport vositalari esa bojxona chegarasini kesib o'tishdan kamida uch soat oldin deklaratsiyalanadi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.