27-modda. Bojxona rejimida turgan tovarni olib qo'yish
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Qonunchilik buzilgan taqdirda, bojxona rejimida turgan tovarlar belgilangan tartibda olib qo'yilishi mumkin.
Tegishli bojxona rejimida turgan tovar olib qo'yilayotganda ushbu bojxona rejimining amal qilishi tovar olib qo'yilgan kunning ertasidan boshlab to'xtatib turiladi va ushbu tovarni davlat daromadiga o'tkazish nazarda tutilmagan qaror (hal qiluv qarori) kuchga kirgan kunning ertasidan boshlab qayta tiklanadi.
Agar olib qo'yilgan tovarlar davriy bojxona to'lovi to'langan holda vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan bo'lsa, bojxona rejimi to'xtatib turilgan davr uchun davriy bojxona to'lovi to'lanmaydi.
Bojxona rejimining amal qilishi quyidagi hollarda bojxona to'g'risidagi qonunchilik buzilganligiga doir ish bo'yicha tegishli qaror (hal qiluv qarori) kuchga kirgan kunning ertasidan boshlab o'n besh ish kuni ichida tugatilishi kerak, agar:
tovarning olib qo'yilishi bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etmaslik bilan bog'liq bo'lsa va bu uni kelgusida qo'llashning imkoniyati bo'lmasligiga olib kelsa;
jismoniy shaxsning ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etmaslik bilan bog'liq bo'lsa va bu uni kelgusida qo'llashning imkoniyati bo'lmasligiga olib kelsa.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.