273-modda. Bojxona to'g'risidagi qonunchilik buzilgan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona to'g'risidagi qonunchilikning buzilishi aniqlangan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish bojxona to'g'risidagi qonunchilikning buzilishiga oid ish yurituv tugallanguniga qadar amalga oshirilishi mumkin, basharti:
tovarlar qonunchilikka muvofiq olib qo'yilmagan yoki xatlanmagan bo'lsa;
qonunchilikka muvofiq tovarlar musodara qilinishi yoxud davlat daromadiga o'tkazilishi lozim bo'lmasa;
bojxona to'g'risidagi qonunchilikning buzilishiga oid ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha hisoblanishi mumkin bo'lgan bojxona to'lovlarini va jarimalarni to'lash yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa undiruv choralari deklarant tomonidan ta'minlangan bo'lsa.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.