277-modda. Bojxona brokerining faoliyati

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Bojxona brokerining faoliyati bojxona operatsiyalarini deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirig'iga ko'ra va uning nomidan bojxona to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishdan iborat.

Bojxona brokerining deklarant yoki vakolatli shaxs bilan o'zaro munosabatlari shartnoma asosida yo'lga qo'yiladi.

Bojxona brokerining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi bojxona brokeri va deklarant o'rtasida tuzilgan shartnoma bilan cheklanishi mumkin emas.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.