286-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha mutaxassisning huquqlari
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha mutaxassis o'z faoliyatini amalga oshirayotganda quyidagi huquqlarga ega:
a) deklaratsiyalanayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida, tovarlarning namunalari va nusxalari olinayotganda hozir bo'lish;
b) deklaratsiyalanayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida ko'zdan kechirishni, ularni tarozida tortishni va boshqacha tarzda ularning miqdorini aniqlashni amalga oshirish, shuningdek bojxona organining ruxsati bilan tovarlarning namunalari va nusxalarini olish;
v) tovarlardan olingan namunalar va nusxalarning bojxona organlari tomonidan o'tkazilgan bojxona ekspertizasi (tekshiruvi) natijalari bilan tanishish;
g) bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish;
d) bojxona masalalari bo'yicha bojxona organlaridan belgilangan tartibda ma'lumotlar va maslahatlar olish;
Dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha mutaxassis quyidagi huquqlarga ham ega:
a) deklarantning yoki vakolatli shaxsning tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati to'g'risida bojxona organlarini xabardor qilish;
b) dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur bo'ladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
v) deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha mutaxassis qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.