301-modda. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bojxona to'lovlarini hisoblash maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir.
O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati asosini imkon qadar ushbu Kodeksning 303-moddasida belgilangan mazkur tovarning bitim qiymati tashkil etishi kerak.
Ushbu bobning qoidalari Tariflar va savdo bo'yicha Bosh bitimning VII moddasida hamda Tariflar va savdo bo'yicha Bosh bitimning VII moddasini qo'llash to'g'risidagi bitimda (Marokash, 1994 yil 15 aprel) belgilangan umumiy prinsiplar va qoidalarga asoslanadi.
Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tovarlarning ixtiyoriy yoki soxta bojxona qiymatidan foydalanishga asoslanmasligi kerak.
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartib-taomillari umum qo'llaniladigan bo'lishi kerak, ya'ni ular tovarlarni yetkazib berish manbalariga, shu jumladan tovarlarning kelib chiqishiga, tovarlar turiga, bitim ishtirokchilariga va boshqa omillarga qarab farq qilmasligi kerak.
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartib-taomillaridan dempingga qarshi kurashish maqsadida foydalanilmasligi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasi Tariflar va savdo bo'yicha Bosh bitimi VII moddasini qo'llash to'g'risidagi bitimning (Marokash, 1994 yil 15 aprel), shu jumladan ushbu bitimga doir sharhlarning tegishli qoidalaridan, shuningdek Jahon savdo tashkilotining Bojxona baholash qo'mitasi va Jahon bojxona tashkilotining Bojxona baholash bo'yicha texnik qo'mitasi tomonidan qabul qilingan tovarlarning bojxona qiymatiga doir hujjatlardan kelib chiqqan holda bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullarini tanlashda ushbu bob qoidalarining bir xil qo'llanilishini ta'minlashga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.