314-modda. Axborot tashuvchi jismning bojxona qiymatini aniqlash
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Axborot tashuvchi jismning bojxona qiymati tovarning bojxona qiymatini aniqlashning ushbu bobda ko'rsatilgan usullari qo'llanilgan holda axborotning qiymati belgilanganidan keyin aniqlanadi.
Bojxona hududiga olib kirilayotgan va ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha uskunalar uchun dasturiy ta'minotni o'z ichiga olgan axborot tashuvchi jismning bojxona qiymatini aniqlashda, agar baholanayotgan tovar uchun amalda to'langan yoki to'lanishi lozim bo'lgan narxdan dasturiy ta'minotning qiymati va (yoki) axborot tashuvchi jismning qiymati ajratib chiqarilsa, faqat axborot tashuvchi jismning qiymati hisobga olinadi.
Agar dasturiy ta'minot axborot tashuvchi jism bo'lmagan tovarning tarkibiga kirsa hamda u bunday dasturiy ta'minotsiz o'ziga xos bo'lgan vazifalarni bajara olmaydigan ushbu tovarning ishlashiga qaratilgan bo'lsa, dasturiy ta'minotning qiymati tovarning qiymatidan ajratib chiqarilmaydi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.