317-modda. Olib chiqiladigan tovarga doir bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan to'lovlar va xarajatlar

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning narxidan quyidagi to'lovlar va xarajatlar chiqarib tashlanadi, basharti ular ilgari bitimning narxiga kiritilgan bo'lsa va hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin bo'lsa:

sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududidan olib chiqilganidan so'ng amalga oshirilgan uskunalarni qurish, o'rnatish, yig'ish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat ko'rsatish yoki texnik ko'maklashish xarajatlari;

tovar bojxona hududidan olib chiqilgandan keyingi uni yetkazib berish xarajatlari;

tovar bojxona hududidan olib chiqilganidan keyingi uni yetkazib berishni sug'urtalash qiymati;

import qilingan mamlakatda sotuvchi tomonidan to'lanadigan bojxona to'lovlari.

Bitimning narxi mavjud bo'lmagan taqdirda, olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati eksport qilayotgan sotuvchining olib chiqiladigan tovarni ishlab chiqarish yoki olish, saqlash va tashish bilan bog'liq xarajatlari to'g'risida deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan hujjatlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda ushbu moddaning birinchi qismida sanab o'tilgan xarajatlar ham hisobga olinadi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.