32-modda. Reeksport bojxona rejimi

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Reeksport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovar yoxud bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni qayta ishlash mahsuloti bojxona hududidan bojxona bojlari va soliqlar to'lanmagan, tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo'llanilmagan holda, ushbu Kodeksning 35-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, uni olib kirishda to'langan bojxona bojlari va soliqlar summalari qaytarilgan holda olib chiqiladi.

Reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni bojxona hududidan amalda olib chiqish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e'tiboran olti oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar ushbu Kodeks 218-moddasining to'rtinchi qismiga muvofiq belgilangan muddatlarda bojxona hududidan amalda olib chiqilishi kerak.

Agar tovarlar uchun tranzit deklaratsiyasi ular reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida taqdim etilmasa, tovarlar vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.