322-modda. Bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish uchun asos
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Qo'llaniladigan stavka turlariga bog'liq holda bojxona bojini, aksiz solig'ini va tegishli bojxona yig'imlarini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati va (yoki) uning miqdori asos bo'ladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati, to'lanishi lozim bo'lgan bojxona boji summasi, aksiz to'lanadigan tovar bo'yicha esa, to'lanishi lozim bo'lgan aksiz solig'i summasining yig'indisi asos bo'ladi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.