326-modda. Bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish:
bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda — bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni;
to'lanishi bojxona rasmiylashtiruviga bog'liq bo'lmagan bojxona to'lovlari uchun — bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasining O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo'yicha amalga oshiriladi.
Tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilayotganda davriy bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish hamda tovarlarni quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o'tishda bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish ushbu Kodeksning 66 va 172-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.