332-modda. Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilganligi uchun foizlar
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilgan har bir kun uchun to'lanishi lozim bo'lgan bojxona to'lovlari summasidan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasining ellik foizi miqdorida, bir kun uchun qayta hisob-kitob qilingan hisoblab chiqariladigan foizlar undiriladi.
Foizlar kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilgan bojxona to'lovlarining summasi to'languniga qadar yoki to'lash bilan bir vaqtda, lekin kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash muddati tugaydigan kundan keyingi kundan kechiktirmay to'lanadi.
Bojxona to'lovlarini vakolatli iqtisodiy operatorlarga kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilganda hamda ushbu Kodeks 329-moddasining beshinchi va o'n birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati o'n to'rt kalendar kunga berilganda ushbu muddat uchun foizlar hisoblanmaydi va to'lanmaydi.
Bojxona to'lovlari bo'yicha kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilganligi uchun foizlarni to'lash, undirish va qaytarish ushbu bobda, shuningdek ushbu Kodeksning 48 va 49-boblarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.