343-modda. Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida tovarlarni garovga qo'yishga doir talablar

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Tovarlarni garovga qo'yish bojxona organi va kafolat shartnomasi bo'yicha to'lovchi yoki boshqa shaxs bo'lishi mumkin bo'lgan garovga qo'yuvchi o'rtasidagi garov to'g'risidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Garov to'g'risidagi shartnoma yozma shaklda tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan bo'lishi kerak.

Garovga qo'yuvchi garov to'g'risidagi shartnomaga muvofiq garov narsasini tasarruf etishga haqli.

Garov to'g'risidagi shartnoma qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.