35-modda. Reeksport bojxona rejimida bojxona to'lovlarining qo'llanilishi

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Reeksport bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar bojxona bojlari va soliqlar to'lashdan ozod etiladi.

Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar reeksport qilinayotganda, tovarning amalda reeksport qilinayotgan qismiga nisbatan to'langan bojxona bojlari va soliqlar summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobida nazarda tutilgan tartibda, ayni bir vaqtning o'zida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi:

tovarning reeksporti uni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish ma'lum qilingan kundan e'tiboran ikki yil ichida amalga oshirilayotgan bo'lsa;

tovar bojxona hududida ishlatilmagan va ta'mirlanmagan bo'lsa, bundan tovarni qaytarishga sabab bo'lgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovarni ishlatish zarur bo'lgan hollar mustasno.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.