359-modda. Muayyan mamlakatda to'liq ishlab chiqarilgan tovarlar

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Quyidagi tovarlar muayyan mamlakatda to'liq ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi:

1) uning hududidan, hududiy suvlaridan, qit'a shelfidan yoki dengiz tubidan qazib olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat ushbu yer qa'ri boyliklarini qidirish va qazib olish uchun mutlaq huquqqa ega bo'lsa;

2) mamlakat hududida yetishtirilgan yoki yig'ib olingan o'simlik mahsulotlari;

3) mamlakatda tug'ilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar;

4) mamlakatda yetishtirilgan o'simlik mahsulotlaridan va hayvonlardan olingan mahsulot;

5) mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti;

6) mamlakat kemalarida yoki ijaraga olgan (fraxt qilgan) kemalarida jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsuloti;

7) mamlakatda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning mahsuli bo'lgan ikkilamchi xom ashyo va chiqindilar;

8) mamlakatga tegishli bo'lgan yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq koinotdan olingan yuqori texnologiyalar mahsuloti;

9) mamlakatda ushbu moddada ko'rsatilgan mahsulotdangina ishlab chiqarilgan tovarlar.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.