377-modda. Maxsus bojxona statistikasi

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Maxsus bojxona statistikasi bojxona organlari faoliyatining turli yo'nalishlari bo'yicha tizimlashtirilgan, tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish bilan bog'liq bo'lmagan ma'lumotlar yig'indisidan iboratdir.

Maxsus bojxona statistikasi bojxona organlarining faoliyatini o'rganish, boshqaruvini tashkil etish va ushbu faoliyatni takomillashtirishning asosiy yo'nalishlarini belgilash uchun yuritiladi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.