38-modda. Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini, shuningdek tovarni yetkazib berish yoki topshirish to'g'risidagi kontraktni (shartnomani, kelishuvni) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli xizmat ko'rsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib chiqilgan hollarda) taqdim etadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo'lgan taqdirda vaqtincha olib chiqiladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.