393-modda. Intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish to'g'risidagi qarorni bekor qilish

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish to'g'risidagi qaror quyidagi hollarda bekor qilinadi:

amal qilish muddati tugagach;

Bojxona organiga huquq egasidan yoki uning vakolatli vakilidan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish to'g'risidagi qarorni bekor qilish haqida ariza kelib tushganda;

intellektual mulk ob'yekti ushbu Kodeks 387-moddasining uchinchi qismiga muvofiq Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestridan chiqarilganda;

sudning tovarlarni olib qo'yish, xatlash yoxud da'voni ta'minlashning boshqa choralarini qo'llash to'g'risidagi ajrimi (qarori) ushbu Kodeks 392-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilmaganda.

Tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish to'g'risidagi qaror bekor qilingan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq tiklanadi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.