40-modda. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqlarini boshqa shaxsga o'tkazish
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini O'zbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga o'tkazishga vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi tugaguniga qadar yo'l qo'yiladi.
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqi O'zbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga ushbu tovarni amalda bojxona organiga taqdim etmagan holda mazkur shaxs tomonidan taqdim qilingan vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organi qabul qilgan paytdan e'tiboran o'tkazilgan hisoblanadi.
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqining ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga o'tkazilishi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan vaqtincha olib chiqish muddatini o'zgartirmaydi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.