408-modda. Nazorat ostida yetkazib berish amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni olib qo'yish yoki almashtirish

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan, erkin realizatsiya qilish taqiqlangan yoki muomalasiga qonunchilikka muvofiq litsenziya yoki ruxsatnoma asosida yo'l qo'yiladigan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar nazorat ostida yetkazib berilayotganda bu tovarlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda to'liq yoki qisman olib qo'yilishi yoki almashtirilishi mumkin.

Odamlarning sog'lig'i, atrof muhit uchun katta xavf tug'diradigan yoxud ommaviy qirg'in quroli tayyorlash uchun asos bo'lib xizmat qiladigan ashyolar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda almashtirilishi kerak.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.